Bolaligim qaytmas ekan bilmadim.
Qadringni men vaqtida hech bilmadim.
Baxt izlab yuguribman uzoqlarga.
Baxtim qolib ketibdi bolalikda.
Do'st deb yurgan odamlarim o'zgardi.
Yuzlaridagi tabassumlar yo'qoldi.
Men yiqilsam,
Qo'l uzatgan kam bo'ldi.
Dardim aytsam, tinglaydigan kim bo'ldi?
Hayot, aytchi nima qildim men senga?
Nega baxtni ko'p ko'rdimu yetmadim unga?
Bir kun kuldim,
Ming kun ichim qon bo'ldi.
Men izlagan baxt mendan yiroq bo'ldi.
Qadringni men vaqtida hech bilmadim.
Baxt izlab yuguribman uzoqlarga.
Baxtim qolib ketibdi bolalikda.
Do'st deb yurgan odamlarim o'zgardi.
Yuzlaridagi tabassumlar yo'qoldi.
Men yiqilsam,
Qo'l uzatgan kam bo'ldi.
Dardim aytsam, tinglaydigan kim bo'ldi?
Hayot, aytchi nima qildim men senga?
Nega baxtni ko'p ko'rdimu yetmadim unga?
Bir kun kuldim,
Ming kun ichim qon bo'ldi.
Men izlagan baxt mendan yiroq bo'ldi.